NAVOIY – GO'ZAL XULQ SOHIBI (Makorim ul-axloq asari asosida)

Xudoyqulova Dilnoza Abdujabbor Qizi
2022 Zenodo  
G'iyosiddin Xondamirning qalamiga mansub «Makorim ul-axloq» asari boshidan to oxiriga qadar Alisher Navoiy haqida yozilgan. Yozuvchi quyidagi asarni XV asrda, ya'ni Navoiyning vafoti yillarida yozib tugallagan. Ushbu asarda Xondamir o'ziga ustoz deb bilgan Alisher Navoiyning barcha ezgu fazilatlari va olijanob xulqlarini ta'riflagan.Asarda ustoz va shogird munosabatlari yaqqol ifoda etilgan. «Makorim ul-axloq» Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, olijanob fazilatlari va tug'ilishidan to umrining
more » ... oxirigacha davlat va jamoat ishlarida qilgan ezgu amallari haqida hikoya qiluvchi asardir. Asar muqaddima, o'n maqsad va xotimani o'z ichiga olgan. Bundan tashqari xotimada Hazrat Navoiyning vafot etish voqealari izchil bayon etilgan. Afg'onistonlik adabiyotshunos, tarixchi ,shoir va yozuvchi Abulg'affor Bayoniy asarning asosiy matnidan so'ng Xondamirning hayoti va ijodi, yozgan asarlari haqida maqolalar tarzida boblar keltiradi. Undan so'ng asarda nomlari keltirilgan joylar va shaxslar haqida ilovalar yozadi.
doi:10.5281/zenodo.6545453 fatcat:ggpg7xihgnhijpa32a34bi67hy