Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatayotgan hamshira ayollarning sog'lig'iga ta'sir etuvchi shart sharoitlar va omillar

Yulduz Ruzimurotova
2021 Общество и инновации  
Hozirgi kunda barcha tibbiyot muassalarida ish tajribasiga ega bo'lgan tibbiyot xodimlarining, shu jumladan asosan ayollarning ish faoliyatida sog'lig'iga ta'sir ko'rsatadigan shart sharoit va omillarni o'rganish usullari va natijalarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega bolib hisoblandi. Bu borada ko'pgina tibbiyot xodimlarining, ayniqsa, hamshira ayollarning sog'lig'iga ta'sir ko'rsatadigan omillarni baholashni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimlashtirilgan va tashkil
more » ... va tashkil etilgandir. Ko'pgina xorijiy olimlar tomonidan tibbiyot xodimlarga, shu jumladan ayollarga ish joylarida ta'sir ko'rsatadigan shart sharoit va omillar kompleksini baholash metodikasi ishlab chiqilgan va tavsiflangan. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining, shu jumladan ayollarning turli mutaxassislik va turli yoshdagi kasbiy sabablarga ko'ra kasalliklarini rivojlanishining sabablari va xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Tibbiy xodimlarning, shu jumladan sog'liqni saqlash tizimida ishlaydigan ayollarning o'z faoliyatida uchraydigan kasbiy kasalligi darajasini oldini olish va uni pasaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligi va amaliyotga tadbiq etilishi hamda uning nazorati bugungi kunda ahamiyatga molik. Maqolada bemorlarning o'lim darajasi yuqori bo'lgan hamda inson salomatligiga xafvli bo'limlarda ishlaydigan hamshiralarning kasbiy faoliyatida psixosotsial va kasbiy xavf omillari ko'pgina olimlar kuzatilganligi haqida fikr mulohazalar bayon qilingan. Xavf-xatarlarni qabul qilish sotsiologiyasi doirasida ishlab chiqilgan konstruktivistik metodologiyaga asoslanib, mualliflar kasbiy xavfni aniqlashga mehnatni tashkil etish va sog'liqni saqlash tizimining o'ziga xos xususiyatlari oqibatida amalga oshirish natijasi bo'lgan ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan shartlangan ijtimoiy konstruktsiya sifatida ta'riflashni taklif qilishadi. Ushbu ta'rifning tasviri orqali psixologik ijtimoiy sog'liq uchun xavf va uning omillari ko'rib chiqiladi.
doi:10.47689/2181-1415-vol2-iss4/s-pp270-281 fatcat:dtrubavfzbei5geldpxgwqs76m