MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA AJDODLAR MEROSI

Bazarbayeva Firuza Kasimjanovna
2022 Zenodo  
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarga matematika fanini o'qitishda matematika tarixi, yurtimizdan yetishib chiqqan mashhur olimlarning muhim ilmiy natijalari, xususanUlug'bekning Samarqand akademiyasida amalga oshirilgan ilmiy ishlardan foydalanishga bag'ishlangan. Shunday davrga keldikki, ilm fan rivojisiz hech bir sohani kelajali yo'q ekanligiga ishonch hosil qilindi. Buni mamlakatimizda 2020 yilda ilm-fanni rivojlantirishdagi ustivor yo'nalish sifatida matematika fanini tanlanishida ham
more » ... rish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4708-sonli qarorida matematika ta'limi oldida kutib turgan muammolar va ularni yechimlari bo'ycha vazifalar qo'yilgan. Matematika sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni qidirib topish, ularni rivojlantirish zarurligi, bu sohada chuqur ilmiy ishlar olib borish zarurligini bildirib turibdi. Matematika fanini talabalarga qiziqarli qilib yetkazishda yurtimizda yetishib chiqqan ulug' allomalarimiz erishgan ilmiy natijalardan foydalanish yaxshi natija beribgina qolmasdan, ularda vatanparvarlik hissini ham shakllanishiga yordam beradi. Shunday yillar bo'ldiki biz uzoq yillar mamlakatimizning haqiqiy tarixini yuzaga chiqara omadik. Mustaqillik tufayligina boy madaniy va ilmiy meroslarimizdan bahramand bo'la boshladik. Manbalarda 1907 yilda Londonda nashr etilgan "Islom ensiklopediyasi"dan quyidagi satrlar keltiriladi: "Qadimgi dunyoda va o"rta asrlar jahon xalqlari tarixida atiga to'rtta akademiya mavjud bo'lgan. Shundan ikkitasi o'zbeklar diyori Samarqand va Urganchda ilmiy va amaliy faoliyat olib borgan". Shuning o'zi ham ajdodlarimiz yaratgan meros dunyo tamaddunida nechog'lik ahamiyatli ekanligini ko'rsatib turibdi. Moziyga nazar tashlasak, butun dunyo tarixi go'yo ikki qismdan iborat bo'lib ko'rinadi: sharq va g'arb. Ma'lumki, VI asrga yetmasdan buyuk Rim imperiyasi yemirildi. Rim fani va madaniyati inqi [...]
doi:10.5281/zenodo.5837510 fatcat:dpmmxpvb6zdijpioyck5y2npbi