YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA AMALIY SAN'AT TA'LIMINING O'RNI VA AHAMIYATI
Nozima Gulomova, Xadicha Abdusalomova, Muslima Abdusalomova
2021
DÉBATS SCIENTIFIQUES ET ORIENTATIONS PROSPECTIVES DU DÉVELOPPEMENT SCIENTIFIQUE VOLUME2
unpublished
dotsent v.b. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Abdusalomova Xadicha G'ayratjon qizi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2-kurs talabasi Abdusalomova Muslima G'ayratjon qizi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI Annotatsiya: Maqolada o'quvchilarda grafik savodxonlik bo'yicha o'quv kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini uzviyligini va uzluksizligini ta'minlashga oid metodik materiallar
more »
... lgan bo'lib, amaliy san'at darslarida ulardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar orqali bayon etilgan. O'zbekiston xalqining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyatdurdonalarini har tomonlama ilmiy o'rganish va tahlil etish g'oyat muhimdir.O'zbеkiston Rеspublikasining Birinchi Prеzidеnti I.A.Karimov o'z asarlarida yoshlarga yuksak ishonch bildirib, ularni barkamol avlod deb yuksak qadrlaganlar va shunday degan edilar: "Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga еtkazish -ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi". 1 Demak, bu jarayonda ta'lim turlarida faoliyat yuritayotgan murabbiylar, professor-o'qituvchilarning o'rni, ularning fidokorona mehnati va salohiyatiga ehtiyoj mavjud. Ayniqsa oliy ta'lim muassasalarida sifatli va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash lozim bo'ladi. Shu ma'noda mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o'z ma'ruzalaridan birida "...nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o'quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi" deya ta'kidladilar 2 . Bugungi kunda o'rta maxsus va kasb-hunar tizimidagi Professional ta'limboshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim darajalariga ajratilgan bir paytda o'rta ta'lim muassasalarida asosiy faoliyat o'quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirishga katta e'tibor qaratilmoqda [1-6]. Mazkur muassasalarda milliy san'atimizga oid bilimlarni rivojlantirish ishlarining yanada takomillashtirilgan shakllari 1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyatyengilmas kuch. -T., "Ma'naviyat", 2008. 61-bet. 2 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikhar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. 2014 yildagi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. -T., "O'zbekiston", 2017. 46-bet.
doi:10.36074/logos-01.10.2021.v2.33
fatcat:vosqtpx63zfaxd7enz3lyg4wr4